So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Iguain: "Agar onam bo'lmaganida JCh finalidan keyin futboldan ketardim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
Turinning "Yuventus" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain 2014 yilgi Jahon chempoinatidan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
"Men doim o'zimni koyib yurdim, uyga qamalib oldim va ko'chaga umuman chiqmadim. Odamlar olayotgan pulimdan mamnun bo'lishim kerakligi haqida gapirishyapti, biroq, do'stlarni sotib olishni iloji yo'q, chunki, men bilan gaplashadigan hech kim yo'q edi.
Men onamni ko'rishni juda xohladim, ammo, onamni ko'rish uchun 15 soat uchishimga to'g'ri kelardi. To'g'ri, men onamning chiptasi uchun pul to'lay olaman, ammo, u 10 daqiqalik yo'lni bosib keladigan uzoqlikda emas. Odamlar bu narsani ko'ra olmaydilar. Ular pul olyapsanmi, gol urishing kerak, deb hisoblashadi.
Jahon chempionat finalidan keyin menda imkoniyat bo'lgandi, lekin bu imkoniyatdan foydala olmadim. Hozir nima qilishni bilmayman. Men osonlikcha gol uraman deb o'ylagandim, lekin, ura olmaganimdan keyin futbolni tashlamoqchi bo'ldim, ammo, onam meni ishontirdi va oldinga qarab intilishim haqida gapirgandi.
Agar u bo'lmaganida faoliyatimni tugatgan bo'lardim. Onamdan juda minnatdorman", - argentinalikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilgi Jahon chempionatining finalida Mario Gyottse qo'shib berilgan taymlarda gol kiritib, Germaniya terma jamoasiga g'alaba olib kelgandi.