"Vest Xem" va "Lester" "yangi Falkao" uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
"Reynjers" hujumchisi Alfredo Morelos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga "Vest Xem" va "Lester" klublari qiziqish bildirmoqda.
Kolumbiyalik futbolchini "yangi Falkao" deb atashmoqda. Uning transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Morelos Shotlandiya chempionatida 26ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!