Ronaldu «Yuventus» safida 2022 yilgacha qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatiga jamoada yana 2 yil qolishga va'da berdi. Bu haqda "Tuttosport" xabar tarqatdi.
Portugaliyalik futbolchi 2018 yilning yozida "keksa sinora" safiga kelib qo'shilgan va 4 yillik shartnoma imzolagan edi. Demak, 35 yoshli o'yinchi shartnomaning oxirigacha "Yuve"ni tark etmaydi.
Ronaldu ushbu mavsumda «Yuventus» safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!