Kellinining «Yuventus»dagi kelajagi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225
«Yuventus»ning 35 yoshli himoyachisi Jorjo Kellini jamoa bilan hamkorlikni davom ettirishga rozi bo'ldi. Bu haqda "Tuttosport" xabar tarqatdi.
Futbolchining "byankoneri" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Kelishuvga ko'ra, shundan so'ng Jorjo klub tizimida ish boshlaydi. Tomonlar bu borada kelishuvga erishishdi. Karantin muddati yakunlanganidan keyin u shartnomaga imzo chekadi.
Kellini 2021 yilning yozida «Yuventus» klubi direktori lavozimini egallaydi. Futbolchi oliy ma'lumotga ega: u 2017 yilda Turin universitetining magistraturasini tamomlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!