"Barselona" himoyachisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289
“Barselona” himoyachisi Emerson bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo nashri yozmoqda. Hozirda futbolchi “Betis” safida ijarada harakat qilmoqda.
“Betis” futbolchini to'liq sotib olish haqida o'ylamoqda, biroq 20 million evro to'lay olmasligi mumkin. Kataloniyaliklar esa futbolchini 20 mln.evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Emerson “Barselona”ga “Atletiko Mineyro”dan 12 million evroga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!