Ziyosh: «1 iyul kuni «Chelsi» futbolchisiga aylanaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318
«Ayaks» yarim himoyachisi Hakim Ziyosh Angliyada mavsumning davomi so'roq ostida turganiga qaramay, 1 iyul kuni rasman «Chelsi» o'yinchisiga aylanishini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, londonliklar uni 40 million evro sotib olishdi.
«Qachon «Chelsi» safiga qo'shilishim mumkinligi haqida jiddiy o'ylab ko'rmadim. Men shartnomaga imzo chekkanman. Shu bois, 1 iyul kuni rasman «Chelsi» o'yinchisiga aylanaman.
Har qanday holatda ham mamlakatlar o'rtasidagi chegara qachon ochilish masalasi ko'ndalang turibdi. Shundan so'ng Liga qaror qabul qilishi kerak. Boz ustiga, men bunga ta'sir o'tkaza olmayman», — dedi Ziyosh.
Eslatib o'tamiz, Niderlandiyada juma kuni mavsum muddatidan avval yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!