Mertensga Madrid klubi ham xaridor bo'lmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269
Italiyaning "Napoli" klubi hujumchisi Dris Mertens faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin.
Transfermarket portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning "Napoli" klubi hujumchisi Dris Mertensga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
33 yoshli hujumchining "Napoli" klubi bilan tuzgan shartnomasi shu yilning yozida o'z yakuniga etadi, shu sababli, "matraschilar" Mertensni erkin agent sifatida o'z saflariga qo'shib olish niyatida.
Biroq, belgiyalik hujumchiga "Arsenal", "Inter", "Manchester Yunayted" va "Monako" klublari ham davogarlik qilishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!