Jorjino: «So'nggi yillarda «Chelsi» juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394
Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Jorjinoning fikricha, "ko'klar" o'z falsafalarini qayta ko'rib chiqishlarini, akl holda, «Liverpul» va «Manchester Siti» klublariga qarshi raqobat qila olmaydi.
«So'nggi bir nechta mavsumda «Chelsi» juda o'zgarmoqda. Ushbu o'zgarishlardan hamma ijobiylikni kutgandi, ammo, u o'zgarishlar natijalarga salbiy ta'sir ko'rsatdi. «Chelsi» yig'ishi kerak bo'lgan ochkolarni yig'olmayapti.
To'g'risini aytganda, ushbu mavsumda APLni qo'lga kiritish uchun asosiy nomzod bo'lishimizni kutgandik. Albatta, transfer bozoridagi taqiq bunga yo'l qo'ymasligi mumkin edi, lekin, bizning tarkibimiz kurashga tayyor edi. Biroq, «Liverpul» va «ManSiti»larga raqobatchi bo'la olmaymiz.
Haqiqat shuki, klubga jamoaviy tajriba etishmayapti. Har doim ham hujum qilish imkonsiz. Rivojlanish kerak», — dedi Jorjino.