Neymar, Koutino, Alisson va boshqa braziliyalik futbolchilar xayriya uchun 1 million dollar yig'ishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241
Braziliya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylari Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) bilan birgalikda koronavirus pandemiyasi tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan muhtojlarga moliyaviy yordam ko'rsatishga qaror qilishdi. Bu haqda CBF rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Hozircha besh million Braziliya reali miqdorida (taxminan 940 ming dollar) pul to'plandi: pulning yarmini terma jamoa o'yinchilari va murabbiylari berishgan bo'lsa, qolgani esa CBF prezidenti Rojerio Kaboklo va konfederatsiya tomonidan ajratildi. Ushbu mablag'lar Braziliyadagi 32 ming oilaga oziq-ovqat va shaxsiy gigiena vositalari xarid qilinadi.
Xayriya aktsiyasida Neymar, Filippe Koutino, Alisson, Dani Alves, Villian, Fernandino, bosh murabbiy Tite va terma jamoaning boshqa a'zolari ishtirok etishdi.