“Inter” “Siti”ga Milanning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246
“Inter” va “Manchester Siti” himoyachi Milan Shkrinyar borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “neradzurrilar” markaziy himoyachisini Angliyaga 80 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Shkrinyarning “Inter” bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi 32ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 1ta assist yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!