Koronavirus effekti: "Roma" etakchisi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357
“Roma” hujumchisi Edin Jekoni sotib yuborish haqida o'ylamoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “bo'rilar” moliyaviy inqiroz sababli o'z etakchisini ham sotishga tayyor. “Roma” bosniyalik hujumchi uchun yiliga 7 million evro to'lashga tayyor emas. Hozirda hujumchi poytaxtliklar safida eng ko'p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi.
Manbaning xabariga ko'ra, “Roma” rahbariyati Edin bilan shartnomani bekor qilishgacha borishi mumkin. Futbolchi xizmatiga "Inter" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!