Evropaning bir chempionati 30 may kuni qayta boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279
Polsha futbol ittifoqi mamlakat chempionati qayta boshlash haqidagi masalani muhokama qildi. Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, chempionat 30 may kuni davom ettiriladi.
Mavsum esa 30 iyun kuni yakunlanadi. Ushbu vaqt oralig'ida ikkinchi davraning qolgan uchrashuvlari va pley-off bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. Polsha kubogining qoldirilgan bahslari 27 may kuni o'tkaziladi. Shundan so'ng yarim finalga qur'a tashlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!