O'zil va «Arsenal»ning yana ikki futbolchisi maoshning qisqartirilishiga rozi bo'lmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360
«Arsenal»ning 3 futbolchisi maoshining 12,5 foizga qisqartirilishiga qarshi bo'ldi.
20 aprel kuni klub murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan bir yil davomida maoshlarning qisqartirilishi borasida kelishuvga erishgandi. Ammo yarim himoyachi Mesut O'zil bunga rozi bo'lmadi. Germaniyalik futbolchining haftalik maoshi 350 ming funtga teng bo'lib, u klubning eng yuqori maosh oladigan futbolchisi hisoblanadi.
O'zil jamoadoshlariga ularning qarorini hurmat qilishini aytgan, shuningdek, ulardan o'zining tanloviga ham hurmat bilan qarashlarini so'ragan.
Maoshning pasayishiga rozi bo'lmagan ikki futbolchining nomi hozircha oshkor qilinmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!