Germaniyada mavsum ancha erta boshlanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
Germaniya futbol ligasi (DFL) bosh direktori Kristian Zayfert bayonot berib, chempionat 9 may kuni qayta boshlanishi mumkinligini aytdi.
«Shifokorlar guruhi mashg'ulotni o'tkazishdan tortib o'yinni tashkil qilishgacha bo'lgan kontseptsiyani ishlab chiqdi. Bu nafaqat maydondagi, balki uning tashqarisidagi ishlarga ham tegishli. Bu risk, ammo klublar mas'uliyatni o'z zimmalariga olishadi.
Ochig'ini aytamiz, tomoshabinlarsiz o'yin unchalik chiroyli emas. Ammo iqtisodni inobatga olganda, Bundesliga uchun bu yagona variant. Ko'p klublar saqlab qolinadi. Ertaga prezidium bilan barchasini muhokama qilamiz, payshanba kuni esa klublar bilan gaplashamiz», — dedi Zayfert "Bild" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!