A Seriyaning 7 klubi mavsumning davom ettirilishiga qarshi chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232
A Seriyaning 7 ta klubi Italiya chempionatining davom ettirilishiga qarshi chiqishdi. Bu haqda Adnkronos xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, "Breshia", "Torino", "Sampdoriya", "Bolonya", "SPAL", "Parma" va Udineze" koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan chempionatning ushbu mavsumini oxirigacha o'ynashni rad etishmoqda. Ushbu jamoalar vakillarining fikriga ko'ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanish ehtimoli juda yuqori.
Ma'lumot uchun, ertaga A Seriya rahbariyati 2019/2020 yilgi mavsumni tiklash variantlarini muhokama qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!