Tyago Silva «PSJ»da qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187
«PSJ» sardori Tyago Silvaning klub bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum so'ngida oxiriga etadi. Braziliyalik futbolchi jamoa bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Ma'lumotlarga qaraganda, «PSJ» sport direktori Leonardo markaziy himoyachi borasidagi fikrini o'zgartirdi va parijliklar futbolchini qanoatlantiradigan yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.
Avvalroq Tyago Silva «Milan»ga qaytishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
35 yoshli Silva ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!