«Barselona» uch futbolchidan tashqari, istalgan futbolchilarini sotib yuborishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308
Kataloniya klubi transfer bozoriga tayyorgarlik ko'rmoqda.
ESPN portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Barselona» klubi o'zining o'ng va markaziy himoyasini kuchaytirish va Neymarni sotib olish uchun yozgi transfer bozorida istalgan futbolchini sotib yuborishga tayyor.
Biroq, rahbariyat faqatgina uch nafar futbolchilarini o'z safida olib qolmoqchi. Bular – Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong va Lionel Messilar.
Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sababli, «Barselona» katta miqdorda zarar ko'rmoqda, shuning uchun futbolchilarni sotishga majbur bo'lmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!