Angliyadagilar koronavirusga qaramasdan chempionatni oxirigacha o'ynashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239
Angliya futbol klublari mavsum-2019/20ni koronavirusga qaramasdan, oxirigacha o'ynab qo'yishmoqchi.
"Boshqa sanoat va biznes tuzilmalari singari, APL rahbariyati va klublari eng murakkab voqealar rivoji stsenariysini hisobga olishmoqda. Biz manfaatdor tomonlar, shu jumladan, televizion hamkorlar bilan faol ish olib bormoqdamiz va bizning maqsadimiz - xavfsiz bo'lgan paytda chempionatni qayta tiklashni ta'minlashdir.
Bugungi yig'ilishda taqvimni rejalashtirish varianti muhokama qilindi. Bizning maqsad - mavsum-2019/20ni yakunlash, ammo, bu bosqichda barcha sanalar ehtimoliy hisoblanadi. Chunki, koronavirus o'sishda davom etmoqda", - APL rahbariyatining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!