Tarkibida legioner futbolchilari bor klublarimiz xavotirga tushishi kerak emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315
Bugun AOKA shtabida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo'lim boshlig'i podpolkovnik Akbarxon Yunusxo'jaev ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.
Unda podpolkovnik Akbarxon Yunusxo'jaev bir qator muhim savollarga javob qaytardi.
Jumladan, milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar tarkibidagi futbolchilarning vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish muddati va viza muddati yakuniga etgan bo'lsada, klub vakillari o'zlarining legioner futbolchilarining hujjatlarini karantin yakuniga etganidan so'ng, uzaytirish huquqiga ega ekanliklarini aytib o'tdi.
"Karantin BEKOR qilinganidan so'ng viza muddatini uzaytirish masalasida o'rnatilgan tartibda hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga murojaat etishingiz mumkin. Karantin davrida viza muddatini o'z vaqtida uzaytira olmaganlik qoidabuzarlik hisoblanmaydi."-dedi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo'lim boshlig'i podpolkovnik Akbarxon Yunusxo'jaev.