Bilya Vataniga qaytishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265
Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Lukas Bilya baribir Argentinaga qaytadi deb xabar bermoqda Transfermarketweb.com portali.
Mavsum yakuniga etgach, Bilya va "Milan" klublari o'rtasidagi shartnoma o'z yakuniga etadi, shundan so'ng futbolchi erkin agentga aylanadi. Unga Argentinaning «Independente» klubi davogarlik qilmoqda.
34 yoshli Bilya «Milan» klubiga 2017 yilning iyun oyida «Latsio» klubidan 19,7 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. U joriy mavsumda 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli pasni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!