"Betis" futbolchisi "Barselona"ga o'tishni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424
Ispaniyaning «Betis» klubi hujumchisi Loren Moron hozirgi jamoasini tark etish niyatida emas.
26 yoshli futbolchi bu haqda shunday dedi:
«Agar sen o'zingni aniq bir joy yaxshi his qilayotgan bo'lsang, u holda nima kerak bor jamoa almashtirishni? Bir qator yaxshi futbolchilar «Betis»dan top klublarga o'tishdi, biroq, men aminmanki, ularning ko'plari qaytib kelishni orzu qilishgan», - Moronning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda calciomercato portali.
Avvalroq, futbolchining xizmatiga «Barselona» va «Napoli» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!