Kavaniga Janubiy Amerikadan xaridor bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255
Frantsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Edinson Kavani mavsum yakuniga etgach, jamoani tark etishi mumkinligi haqida uning agenti Gilelmone xabar tarqatdi.
«To'g'risini aytsam, hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Edinsonga juda ko'plab klublar qiziqish bildirishmoqda. «Napoli»dan hali hech qanday taklif bo'lmadi.
Janubiy Amerikaning «Flamengo», «Palmeyras», «Internasonal» va «Boka Xuniors» klublaridan aniq takliflar bor.
Eslatib o'tamiz, Kavanining «PSJ» bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yozida o'z yakuniga etadi. Ikki tomon shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!