«Bavariya» Saneni sotib olishdan voz kechishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259
Manchester Evening News nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Manchester Siti» klubi futbolchisi Leroy Sane yozgi transfer oynasida jamoani tark etmasligi mumkin.
24 yoshli germaniyalik futbolchiga Myunxenning «Bavariya» klubi davogarlik qilayotgandi va bir yildan beri kuzatib kelayotgandi. Biroq, ushbu bitim koronavirus pandemiyasi olib kelgan moliyaviy inqiroz tufayli katta ehtimol bilan amalga oshmasligi mumkin.
Qayd etilishicha, Sane "Bavariya" tarkibiga o'tishni juda xohlayotgandi va klub bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga ham erishib bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!