"Inter" futbolchisi Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256
“Inter” yarim himoyachisi Kvadvo Asamoa faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga “Fenerbaxche” jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Manbaning yozishicha, “neradzurrilar” havbek bilan xayrlashishga qarshi emas. Asamoaning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Uning transfer narxi 6,5 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!