Chirchiqda engil atletikachilar bellashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2354
17 yanvar kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida engil atletika bo'yicha O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetining faxriy talabasi S.V.Nichipurenko xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi. Unda erkaklar va ayollar o'rtasida bellashuvlar tashkil etildi. Turnirda 200 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.
Mazkur turnirni tashkil qilishdan maqsad – terma jamoamizga munosib nomzodlarni saralab olish, sportchilar tayyorgarligini yana bir marotaba sinovdan o'tkazishdan iborat edi.
Sportchilar musobaqa davomida 60, 200, 400, 800, 3000 metrga yugurish, 60 m to'siqlar osha yugurish, uchxatlab sakrash, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish kabi yo'nalishda kurash olib bordilar.
Musobaqada g'olib bo'lgan sportchilar ro'yxatini e'tiboringizga havola qilamiz:
Erkaklar:
Balandlikka sakrash – Dmitriy Melsitov – 216 sm
60 metrga yugurish – Sunnat Ismoilov – 7.07 s
200 metrga yugurish – Ulug'bek Murtazoev – 22.72 s
400 metrga yugurish – Shohrux Baratov – 51.83 s
800 metrga yugurish – G'olib Tohirjonov – 1.59.57 daq.
3000 metrga yugurish – Bunyod Muhiddinov – 9.29.67 daq.
60 metrga to'siqlar osha yugurish – Anvar Safarov – 8.55 s
Uchxatlab sakrash – Bekjon Chevarov – 14.13 m
Uzunlikka sakrash – Nikita Loginov – 7.40 m
Yadro uloqtirish – Artem Davletov – 16.09 m (stadionda o'tkazildi)
Disk uloqtirish – Rashid Sodiqov – 45.63 m
Ayollar:
Balandlikka sakrash – Aleksandra Yurkevskaya – 180 sm
60 metrga yugurish – Sabina Shirieva – 7.88 s
200 metrga yugurish – Saida Abdumo'minova – 26.27 s
400 metrga yugurish – Diyora Mamarajabova – 1.08.75 daq.
800 metrga yugurish – Nasiba Jo'raeva – 2.30.71 daq.
3000 metrga yugurish – Marjona Baratova – 10.26.91 daq.
60 metrga to'siqlar osha yugurish – Saida Abdumo'minova – 8.86 s
Uchxatlab sakrash – Roksana Xudoyarova – 12.86 m
Uzunlikka sakrash – Aleksandra Yurkevskaya – 5.69 m
Nayza uloqtirish – Sanobar Erkinova – 51.42 m
Yadro uloqtirish – Farida Hakimova – 11.58 m (stadionda o'tkazildi)
Disk uloqtirish – Shahrizoda Yusupova – 41.45 m
E'tiboringizga musobaqadan olingan suratlarni taqdim etamiz: