«Valensiya» hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
"Valensiya" hujumchi Rodrigo Morenoga yangi shartnoma taklif qiladi, deb xabar beradi Super Deporte portali.
"Valensiya" hujumchini jamoada saqlab qolmoqchi va yaqin kunlarda u bilan muzokaralarni boshlash niyatida. Ispaniya klubi rahbariyati yozda 60 mln evro evaziga o'z futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor edi, ammo Evro-2020 qoldirilishi ular rejalarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi.
Eslatib o'tamiz, Rodrigoning "Valensiya" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyunigacha hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda 29 yoshli futbolchi "Valensiya" safida 28 ta uchrashuvda, 5 ta gol va 11 ta gollik uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Super DeporteFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!