Rakitich bo'lajak jamoasi borasida bir to'xtamga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249
Estadio Deportivo portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Barselona"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich bo'lajak klubi haqida aniq bir to'xtamga keldi.
Rakitich "Barselona" faqatgina o'zini "Sevilya"ga sotgan taqdirdagina Kataloniyani tark etishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" Rakitichning transferi uchun 20 million evro talab qilmoqda. Xorvatiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma kelasi yilning yozida o'z yakuniga etadi. Rakitichga Italiyaning "Inter", "Milan" va "Yuventus" uzoq vaqtdan beri qiziqish bildirib kelishayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!