Konte rahbariyatdan qaysi futbolchini talab qilganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284
Italiyaning "Inter" klubi Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning yozishicha, 30 yoshli hujumchining xizmatiga jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, gabonlik hujumchiga "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Obameyangning "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyun kuni o'z yakuniga etadi. Tomonlar hali yangi shartnoma borasida bir to'xtamga keli olishmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!