"Men Neymar kabi superyulduz emasman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285
"Marsel" klubining yaponiyalik himoyachisi Xiroki Sakai xuddi shu nomdagi shahar kasalxonasiga koronavirusga qarshi kurash uchun 20 000 evro ajratdi.
26 yoshli yaponiyalik futbolchi o'zining qo'shgan hissasini kamtarlik bilan baholadi. - Men bu vaziyatda nima qila olishi haqida o'yladim. O'ylamanki, mening kamtarona qilgan yordamim koronavirusga qarshi kurash olib borayotganlarga foyda keltiradi. Men Neymar kabi superyulduz emasman. Mening ko'rsatgan yordamim etarli bo'ladimi yoki yo'qmi, buni bilmayman, lekin chin ko'ngildan yordam berishni xohladim, - yaponiyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Record.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!