"Tottenxem" futbolchisi "PSJ"ga qaytish niyatida ekanligini tan oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280
"Tottenxem"ning 27 yoshli ivuarlik himoyachisi Serj Ore "PSJ" klubiga qaytishni xohlayotganini tan oldi.
Serj Ore «Tottenxem» klubiga «PSJ»dan 2017 yilning avgust oyida 23 million funt evaziga ko'chib o'tgandi. Serj hozirgacha "shporlar" tarkibida 74 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Ore "Tottenxem" klubi safida muntazam ravishda maydonga tushayotganiga qaramay, "PSJ"ga qaytish haqida o'ylayotganini tan oldi.
«PSJ»ga qaytishim mumkinmi? Bu mening asosiy rejam! Futbolchilik faoliyatimni «PSJ»da yakunlash niyatidaman, chunki, u klub mening yuragimda.
Bitta murabbiy bilan munosabat yomon bo'lmaganida, men hozirgacha "PSJ" tarkibida o'ynayotgan bo'lardim», — dedi Serj Ore.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!