FIFA transfer oynasi muddatini uzaytirishga tayyormi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256
Jahon Futbol Assotsiatsiya (FIFA) ichki chempionatlarni noma'lum muddatga uzaytirishdan tashqari, yozgi transfer oynasining muddatini o'zgartirishga ham tayyor.
Ushbu masalaga hanuzgacha muhokama qilinmoqda, chunki, FIFA Evropa ichki chempionatlarining qachon yakunlanishini bilishi kerak – asosiy e'tibor ularga qaratiladi.
Qayd etilishicha, FIFA muddati 30 iyun kuni yakunlanadigan futbolchilarning shartnomalarini talab qilinadigan sanagacha avtomatik ravishda uzaytirilishiga ruxsat beradi.
Ta'kidlanishicha, FIFA milliy assotsiatsiyalarga qarorni qabul qilishda maksimal darajada moslavshuvchanlikni taqdim etish niyatida, chunki koronavirus pandemiyasi turli mamlakatlarda juda katta farq qilmoqda.
FIFAning ushbu qarori mavsumni bekor qilish ehtimolini keskin kamaytirdi, garchi Belgiya bu ishni muddatdan oldin amalga oshirgan bo'lsa ham.