«Atletiko», «Real» va «Barselona» klublari sobiq bosh murabbiyi vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323
«Atletiko», «Real» va «Barselona» klublari sobiq bosh murabbiyi Radomir Antich 71 yoshida vafot etdi.
«Atletiko» oilasi Radomir Antichning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildiradi. U hamisha qalbimizda yashaydi», – deyiladi «Atletiko» bayonotida.
Serbiyalik mutaxassis «matraschilar» bilan 1995/96 yilgi mavsumda Ispaniya chempionati va Ispaniya kubogini qo'lga kiritib, oltin dublni rasmiylashtirgan. Shuningdek, u turli yillarda «Barselona» va «Real»ni boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!