Kanchelskis: «O'zbekistonda niqobsiz tashqariga chiqqanlik uchun jiddiy jarimaga tortiladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245
«Navbahor» bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis O'zbekistonda karantin qanday o'tayotgani haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Zararlanganlar soni kundan-kunga asta-sekinlik bilan ortib bormoqda. O'lim bilan yakunlangan holat hozircha ikkita. Bu erda karantinga jiddiy qaralmoqda. 10 kun davomida ko'chaga chiqqanlik uchun bitta oylik miqdorida jarimaga tortiladi. Qoidabuzarlik takrorlansa, jarima ikki baravar oshiriladi. Shuning uchun hozir karintinda o'tirgan holda, uy sharoitida formani ushlab turishga harakat qilyapmiz. Legionerlar bazada istiqomat qilishyapti va tennisbol o'ynash uchun chiqishyapti. Barcha chempionat borasida qarorni kutyapti. Hozircha esa hech qanday yangilik yo'q, jim-jitlik. 20 aprelga qadar shaharda karantin e'lon qilingan. Kasallar soni oshishda davom etsa, karantin muddati uzaytirilishi mumkin.
Ko'chaga faqat ehtiyoj yuzasidan chiqish mumkin. Faqat niqob va qo'lqopda. Bu erda nima uchun qayoqqa ketyapsan deb so'rab o'tirishmaydi. Eng muhimi niqob taqqang bo'lishing krak. Ko'chada odam kam. Shahardan viloyatga chiqish yo'llari berkitilgan. Do'konlarda mahsulotlar etarli, bozorlar ochiq. Bu borada muammo yo'q. Ajiotaj va vahima yuz bergani yo'q. Rossiyadagidek hech kim grechka g'amlayotgani yo'q. Hamma nima bo'lishini kutyapti», — dedi Kanchelskis Sport24ga bergan intervyusida.