Afsonaviy darvozabon koronavirusni engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178
Sobiq turk darvozaboni Ryushtu Rechber koronavirusdan tuzalib, kasalxonadan chiqarildi.
"Bu juda yaxshi kun, Xudoga shukr. Erim 11 kundan keyin kasalxonadan chiqdi. Men xursand bo'lishim kerak, ammo kasalxonada hali ko'p odamlar borligidan xafa bo'ldim", dedi futbolchining ayoli.
46 yoshli Rechber faoliyatini 2012 yilda yakunlagan. Futbolchilik faoliyati davomida "Antalyaspor", "Fenerbahche", "Barselona" va "Beshiktosh" jamoalarida o'ynagan. U Turkiya milliy terma jamoasi safida 120 o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!