"Atalanta" "Chelsi" futbolchisini to'laqonli ravishda sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196
Italiyaning "Atalanta" klubi "Chelsi" klubidan Mario Pashalichning transferini to'laqonli ravishda sotib olmoqchi deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning yozishicha, 25 yoshli futbolchi "Atalanta" tarkibida ijara asosida o'ynab kelmoqda. "Atalanta" ijara shartnomasiga asosan, Pashalikni 15 million evroga sotib olish huquqiga ega. Shu sababli, klub rahbariyati bu borada "Chelsi" klubi bilan muzokara olib bormoqchi. Pashalichning transfer narxi 25 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!