"Milan" futbolchisiga Rim klubi ko'z tashlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247
Rimning "Latsio" klubi "Milan" klubi himoyachisi Alessio Romanolini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Tuttosport portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, futbolchining o'zi "Latsio" klubiga o'tishga qarshi emas. Romanoli 2015 yilda "Roma" klubidan "Milan" klubiga 25 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
O'sha paytda ham futbolchi "Latsio" klubiga o'tishga qarshi emasligini aytgan edi. Uning aynan o'sha paytdagi fikri "Latsio" klubi prezidenti Klaudio Lotito bilan bo'ladigan uchrashuvda muhim rol o'ynashi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!