Kazemiro: «Hozir La liga yoki EChL haqida emas, virusni mag'lub etish haqida o'ylash kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512
«Real» yarim himoyachisi Kazemiro koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatda asosiy maqsad nima ekanligini aytib o'tdi.
«Albatta, biz chempionat va Chempionlar ligasida g'olib chiqishni istaymiz, ammo hozir bu haqda o'ylamayapmiz. Hozir koronavirusga qarshi kurashda g'alaba qozonishni istaymiz. Bu og'ir va g'amgin vaziyat. Biz uyda o'tirib, karantin qoidalariga amal qilish orqali ushbu kurashga o'z hissamizni qo'shishimiz kerak», — dedi Kazemiro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!