Dortmundning «Borussiya» klubi stadioni kasallarga qarshi yordam ko'rsatish markaziga aylantiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214
Dortmundning «Borussiya» klubi o'z stadionini koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko'rsatish uchun taqdim etadi.
Jamoa «Signal Iduna Park» arenasining shimoliy trubinasini ajratadi. Bugundan boshlab u erda kasallar joylashtiriladi.
«Bizning stadion shahar faxri hisoblanadi. U o'zining texnik, infratuzilma va hududi bilan koronavirusga chalingan insonlarga yordam ko'rsatish uchun ideal joy hisoblanadi. Insonlarga qo'limizdan kelgan yordamni berish — bizning burchimiz va istagimiz», — dedi klub bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!