Milenkovich: «Uydan chiqishga qo'rqyaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198
Italiyaning «Fiorentina» klubi himochisi Nikola Milenkovich Italiyada yuz berayotgan koronavirus haqidagi taasurootlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'zim uchun juda qo'rqyapman, lekin ko'proq mamlakat fuqarolari uchun qayg'uryapman. Men – sportchiman. Mening immunitetim kuchli, men yaxshi ovqatlanishim va o'zimning yaxshi sport formamni ushlab turishim mumkin. Lekin, tan olish kerakki, ko'pchilik insonlar nima iste'mol qilayotganlarini bilmaydilar va ular kamdan kam holatda shifokor ko'rigidan o'tishadigan.
O'zimni sog'lomman deb o'ylayman, lekin baribir izolyatsiyada qolishga qaror qildim. Uydan chiqishga qo'rqyapman. Oynadan ko'cha bo'm-bo'shligini ko'ryapman. Gohida patrul mashinasi o'tadi va fuqarolar uydaligini tekshirmoqda.
Florentsiya – ajoyib joy. Bu erda mehribon insonlar juda ko'p. Bilaman, «Fiorentina»ning ashaddiy muxlislari koronavirus qurbonlari va muhtojlarga yordam beradi», — dedi Milenkovich.