Rasman. APL may oyida ham boshlanmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194
Angliya premer-ligasi musobaqaning davom ettirilishi borasida bayonot bilan chiqdi.
Klublar va Liga o'rtasidagi muzokaralar davomida turnirni may oyida boshlashning imkoni yo'qligi tan olindi. Angliya chempionati qachon davom ettirilishi borasida aniq sana belgilanmadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan qachon imkoniyat yuzaga kelsa, o'yinlar o'sha paytda boshlanadi.
Liga tarqatgan bayonotga ko'ra, hukumat va sog'liqni saqlash xizmati ruxsati bilangina mavsum davom ettirilishi mumkin. Shunga qaramay, Angliyada chempionat va kubok musobaqalarini oxiriga etkazib qo'yishni maqsad qilingan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!