Gennadiy Krasnitskiy — «Paxtakor»ning chempionatlardagi mutloq to'purari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
«Paxtakor» tarixiga doir turli statistik ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilishda davom etamiz.
"Paxtakor"ning SSSR va O'zbekiston chempionatlari oliy hamda birinchi ligasi, "B" klassida, ya'ni barcha chempionatlardagi urilgan gollar bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichlarga ega futbolchilar haqida ma'lumot bilan tanishtirib o'tamiz.
Ro'yxatga 50tadan ko'proq to'p kiritgan futbolchilarni tanlab oldik. XX asrda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etilgan Gennadiy Krasnitskiy 142 gol bilan chempionatlarda jamoamiz to'purari sanaladi. Igor Shkvirin esa 136 to'p kiritgan holda ikkinchi natija sohibi bo'lib turibdi. Birodar Abduraimov hisobida 130 gol mavjud. O'zbekiston chempionatlarida to'purar hisoblangan Igor Sergeev 87 to'pi bilan 4-natija egasiga aylangan.
Quyida "Paxtakor" tarkibida chempionatlarda 50tadan ko'p to'p kiritgan futbolchilar ro'yxati keltirilgan.
Gennadiy Krasnitskiy - 142
Igor Shkvirin - 136
Birodar Abduraimov - 130
Igor Sergeev - 87
Anvar Soliev - 86
Zayniddin Tojiev - 71
Andrey Yakubik - 70
Azamat Abduraimov - 67
Aleksandr Geynrix - 66
Server Jeparov - 64
Mirjalol Qosimov - 61
Vladimir Fyodorov - 58
Dilmurod Nazarov - 56
Sobir Xodiev - 54
To'lagan Isoqov - 52
Shuhrat Maqsudov - 51