Umtitiga APLda yana bir da'vogar paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.
"Football London" tarqatgan xabarga ko'ra, 26 yoshli frantsiyalik futbolchi "Chelsi"ga ko'chib o'tadi. O'yinchining agentlari ehtimoliy transfer yuzasidan klub bilan aloqaga chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Umtitining xizmatiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Samuelning "Barsa" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.
Umtiti ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!