APL klublaridan biri mavsumning qolgan qismini Xitoyda o'tkazishni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231
Angliya futboli rahbarlari mavsumni yakunlashning turli variantlarini ko'rib chiqishda davom etmoqda. Chempionatning muddatidan avval yakunlanishi jiddiy moliyaviy inqirozga olib kelgani bois, qolgan o'yinlarni boshqa mamlakatda o'tkazish imkoniyati ham ko'rib chiqilmoqda.
"The Athletic" tarqatgan xabarga ko'ra, klublaridan biri mavsumning qolgan qismini Xitoyda o'tkazishni taklif qildi. Ammo ushbu g'oya boshqa jamoa rahbarlari tomonidan o'sha zahoti inkor qilindi.
Klub vakillari bugun, juma kuni navbatdagi uchrashuvni o'tkazishadi. Ammo musobaqani Buyuk Britaniyadan tashqarida o'tkazish fikriga ko'p jamoalar qarshilik bildirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!