Smolov: «Karantinning 17-kuni, men bunga ko'nikib qoldim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
Ispaniyaning «Selta» klubi hujumchisi Fyodor Smolov Ispaniyadagi karantinni qanday o'tkazayotgani haqida gapirdi.
30 yoshli hujumchi karantinni Ispaniyadagi ijaradagi uyida yolg'iz o'tkazmoqda.
— Vaziyat juda oddiy, lekin uyda yolg'iz qolib ketgan birgina men emasman. Adashmasam, izolyatsiyaning 17-kuni o'tib bormoqda va men bunga ko'nikib qoldim. Hech qanday yangi narsa ro'y bermaydi va men hech narsa haqida o'ylamayapman. Men vaziyatga bardosh beryapman, — dedi Smolov "Selta"ning "YouTube"dagi kanaliga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!