9 aprel kuni «Real» - «Yuventus» o'yini bo'lib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 575
Qiziq xabar — aprel oyida «Real» – «Yuventus» o'yini bo'lib o'tadi. Nikaragua chempionatida 9 aprel kuni shunday o'yin kutib turibdi.
Nikaragua – Markaziy Amerikada futbol chempionati davom etayotgan yagona mamlakat hisoblanadi. Hozir chempionatda mavsumning ikkinchi qismi — Klausara qizg'in pallaga kirgan.
Musobaqa ikkita bosqichdan iborat: muntazam chempionat va pley-off. Birinchi davra — Aperturada Esteli shahrining «Real» klubi g'olib chiqdi.
Klausurada esa hozircha «Managua» peshqadamlik qilmoqda. Ammo «Real» bu klubdan 2 ochko ortda bormoqda. Agar ikkinchi davrada ham Esteli shahri klubi g'alaba qozonsa, klub chempionlikni qo'lga kiritadi. Aks holda, Klausura va Apertura g'oliblari o'rtasida qo'shimcha final o'yini o'tkaziladi.
Hozirda Nikaraguada rasman 5 kishida koronavirus aniqlangan bo'lsa, bir kishi vafot etgan. Chempionat esa davom ettirilmoqda. Yuqorida tilga olingan «Real» - «Yuventus» o'yini 9 aprel kuni o'tkaziladi. Managua shahrining "Yuventus" klubi Klausurada 6-o'rinda bormoqda.
Nikaragua chempionati (klausura)
Manba: sport.ua