"Sampdoriya" prezidenti: "Biz mashinalar haqida emas, odamlar haqida gapiryapmiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
Italiyaning «Sampdoriya» klubi prezidenti Massimo Ferrero futbolchilar koronavirus pandemiyasidan keyin o'z sport formalariga qaytishi uchun ko'p vaqt talab qilinishini aytib o'tdi.
— O'zingizni yaqindagina koronavirusdan xalos bo'lgan Gabbyadinining o'rniga qo'yib ko'ring. Unga may oyida yana maydonga qaytishini ayting. Biz yoqish va o'chirish tugmachalari bor bo'lgan mashinalar haqida gapirmayapmiz. Ularning fikrlari qaerda bo'ladi? Kim stadionlarga kelishga jur'at eta oladi? Qanday? Niqobdami? — Ferreroning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!