«Atalanta» ukrainalik futbolchining narxini oshirib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225
Italiyaning «Atalanta» klubi va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy 25 million evrodan kam bo'lmagan mablag' evaziga sotilishi mumkin.
Goal.com portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Malinovskiyning klubi hisoblangan «Atalanta» o'z futbolchisiga shunday narx belgilab qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Malinovskiy «Atalanta» klubiga o'tgan yilning yozida Belgiyaning «Genk» klubidan 15 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!