So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tasmuradovni Rioda mag'lub etib, keyinchalik Olimpiada chempioni bo'lgan kurashchida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260
Yunon-rum kurashi bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, ikki karra jahon chempioni Ismael Borreroda koronavirus aniqlanib, kasalxonaga yotqizildi.
Kubalik chempion shu yilning mart oyi boshida Kanadaning Ottava shahrida o'tkazilgan Panamerika chempionatida ishtirok etgan va yakunda -67 kg vazn toifasida musobaqa g'olibiga aylangandi.
Chempionat yakunlanganidan so'ng Kuba terma jamoasi Ottavada qolib, bir haftadan keyin Kanadaning aynan shu shahrida start oladigan Panamerika kvalifikatsion turniriga tayyorgarlik ko'rdi. Borrero o'tgan yili Nur-Sultan shahridagi jahon chempionatida Tokio-2020 litsenziyasini qo'lga kiritgani bois bu musobaqada ishtirok etmadi.
Kubalik kurashchilar 17 mart kuni Kanadadan Ozodlik oroliga qaytishdi va shundan so'ng Ismaelda infektsiya simptomlari aniqlandi. 28 mart kuni esa uning koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy natija berdi. Hozirda Borrero poytaxt Gavanadagi gospitalda davolanmoqda. Olimpiada chempionining holati qoniqarli deya baholanmoqda.
Ismael Borrero bilan muloqot qilgan 25 kishi nazoratga olindi. Ular orasida yunon-rum kurashi bo'yicha Kuba terma jamoasining to'rt nafar a'zosi ham bor. Ularning barchasi shifokorlar nazoratiga olingan.
Eslatib o'tamiz, Ismael Borrero Rio-2016 Olimpiadasining yarim finalida hamyurtimiz Elmurat Tasmuradovni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olgan edi. 2014 yil Toshkentda o'tgan jahon chempionatida esa Tasmuradov bronza medali uchun kechgan bahsda Borreroni bir necha soniya ichidayoq mag'lub etgan.
Manba: olympic.uz