"Chelsi" futbolchisining koronavirusdan keyingi ahvoli qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353
Londonning «Chelsi» klubi futbolchisi Kallum Xadson-Odoi koronavirusdan keyingi holati haqida so'zlab berdi.
«To'g'ri, menda virus bor edi, lekin davolanishga muvaffaq bo'ldim. O'zimni juda yaxshi his qilyapman, sport formam ham joyida, hammasi joyida. Uch hafta avval menda kuchli stress holati kuzatilgandi, chunki, mening insonlarning umriga zomin bo'ladigan kasallikka duch kelgandim. Ammo menda uning alomatlari engil edi, ozgina isitmam ko'tarilgandi, xolos. Shunda men oddiy shamollash kabi bu virusni ham engib o'tishimga ishongandim.
Insonlar ehtiyot bo'lishlari kerak, chunki hamma ham men kabi omadli emas», — dedi Xadson-Odoi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!