"Qovunchi" Karius Bundesligaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267
Germaniyaning «Gerta» klubi Angliyaning "Liverpul" klubi darvozaboni Loris Kariusga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Loris Karius «Liverpul» klubiga Germaniyaning «Maynts» klubidan kelgandi. U mavsumni yomon o'tkazmagandi, biroq, EChLning finalidagi qo'pol xatolaridan so'ng, Klopp uni ijaraga berib yuborishni ma'qul ko'rgandi.
Ayni paytda Loris Turkiyaning «Beshiktash» klubiga muntazam ravishda maydonga tushib kelmoqda.
Germaniya OAVsining yozishiga qaraganda, «Gerta» Loris Kariusni Germaniyaga qaytarish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan.
Loris Karius joriy mavsum Turkiya Superligasida 25 ta uchrashuv o'tkazib, 40 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!